Dasturiy yechim to'g'riligini avtomatik tekshiruvchi tizimga Xush kelibsiz!


Tizim bilan ishlash bo'yicha qo'llanma

Aktivlashish
1. Sizga o'qituvchi tomonidan login va parol beriladi. Login va parolingizni yozing hamda Kirish tugmasini bosing.
2. Login va parol orqali tizimga kirganinggizdan keyin beshta Home, Problems, Send, Status va Monitor giperko'rsatkichlari paydo bo'ladi. (Bu giperko'rsatkichlarni login va parol yozmasdan oldin ham ko'rish mumkin, lekin ayrim funksiyalari ishlamaydi.)

Masala shartlarini ko'rish
Masalalar ro'yxatini Problems giperko'rsatkichini bosish orqali ko'rishimiz mumkin. Ro'yxatdan o'zizga maqul masala nomi ustiga bosish orqali masalaning to'liq shartini ko'rish mumkin.

Masalani yechimini tekshirish uchun jo'natish
1. Masala yechimini jo'natish uchun Send bo'limiga o'ting.
2. Ishlagan masalangizni nomini Masala combo box sidan tanlang.
3. Masalani ishlagan dasturiy tilini Dasturlash tili combo box sidan tanlang.
4. Viberite fayl tugmasini bosing va yechim (faqatgina *.cpp. *.c, *.pas. *.dpr, *.java kengaytmali fayllarni) faylini tanlang.
5. Jo'natish tugmasini bosing.
6. Masala yechimi faylini jo'natganinggizdan keyin jo'natilganlikni tasdiqlovchi ma'lumot chiqadi va Siz avtomatik ravishda Status sahifasiga o'tasiz.
7. Bir necha daqiqadan so'ng tizim sizga yechimiz to'g'risida ma'lumot qaytaradi.

Monitor bo'limi
1. Monitor sahifasida umumiy talabalar natijasi jadval ko'rinishida chiqadi.
2. Talabalar jadvalda reyting bo'yicha qatorma-qator saralab chiqilgan. Dastlab u alfavit ko'rinishida boladi.
3. Har bir masala uchun jadvalda alohida ustun berilgan. Ustun va qatorlarning kesishmasida talabaning shu masala bo'yicha ma'lumot keltirilgan. U quyidagicha bo'lishi mumkin:
     "." - talaba bu masala uchun yechim jo'natmagan;
     "+" - talaba bu masalani birinchi urinishda muvaffaqiyatli ishlagan;
     "+k" - talaba bu masala k marta urinishdan keyin ishlagan;
     "-k" - talaba bu masala k marta urinishdan keyin ham ishlamagan;
     "?k" - talaba bu masala uchun k marta urinishni jadval muzlagan vaqtda jo'natgan;