Login


Dasturiy yechim to'g'riligini avtomatik tekshiruvchi tizimga Xush kelibsiz!

Tizim bilan ishlash bo'yicha qo'llanma
Aktivlashish
1. Sizga administrator tomonidan login va parol beriladi. Login va parolingizni yozing hamda Kirish tugmasini bosing.
2. Login va parol orqali tizimga kirganinggizdan keyin to'rtta Masalalar ro'yxati, Masalani jo'natish, Natijalar va Monitor giperko'rsatkichlari paydo bo'ladi. (Bu giperko'rsatkichlarni login va parol yozmasdan oldin ham ko'rish mumkin, lekin ayrim funksiyalari ishlamaydi.)

Masala shartlarini ko'rish
Masalalarni Masalalar ro'yxati giperko'rsatkichini bosgan holda o'zingizni kompyuteringizga ko'chirib olishingiz mumkin. Bu masalalar Word hujjat sifatida berilgan.

Masalani yechimini tekshirish uchun jo'natish
1. Masala yechimini jo'natish uchun Masalani jo'natish bo'limiga o'ting.
2. Ishlagan masalangizni nomini Masala combo box sidan tanlang.
3. Masalani ishlagan dasturiy tilini Dasturlash tili combo box sidan tanlang.
4. Выберите файл tugmasini bosing va yechim (faqatgina *.cpp. *.c, *.pas. *.dpr, *.java kengaytmali fayllarni) faylini tanlang. Aks holda sizga jarima ballari beriladi.
5. Jo'natish tugmasini bosing.
6. Masala yechimi faylini jo'natganinggizdan keyin jo'natilganlikni tasdiqlovchi ma'lumot chiqadi va Siz avtomatik ravishda Natijalar sahifasiga o'tasiz.
7. Hakamlar tominidan masala yechimi natijalarini kutiing. Kutish davomida Siz boshqa masalani yechishingiz mumkin.

Musaboqa jadvali
1. Musaboqa jadvali Monitor sahifasida joylashgan. U jadvaldan tashkil topgan.
2. Komandalar jadvalda reyting bo'yicha qatorma-qator saralab chiqilgan. Dastlab u alfavit ko'rinishida boladi.
3. Har bir masala uchun jadvalda alohida ustun berilgan. Ustun va qatorlarning kesishmasida komandaning shu masala bo'yicha ma'lumot keltirilgan. U quyidagicha bo'lishi mumkin:
     "." - komanda bu masala uchun yechim jo'natmagan;
     "+" - komanda bu masalani birinchi urinishda muvaffaqiyatli ishlagan;
     "+k" - komanda bu masala k marta urinishdan keyin ishlagan;
     "-k" - komanda bu masala k marta urinishdan keyin ham ishlamagan;
     "?k" - komanda bu masala uchun k marta urinishni jadval muzlagan vaqtda jo'natgan;


Design by TUIT © 2012-2017 TUIT Online Judge. All rights reserved.