Рус Uzb Eng

C18A. Yolg’on xabar
Ограничение по времени: 2 cекунды
Ограничение по памяти: 64 мегабайт

Yaqinda Sirojiddinning telefoniga quyidagi SMS xabar keldi. ”Bu yil dekabr oyida 5 ta dushanba, 5 ta seshanba, 5 ta chorshanba bor. Bu 846 yilda bir marta keladi. Xitoyliklar buni ko’p pul va omad belgisi deb bilishadi. Bu xabarni 7 ta do’stingizga yuboring, shunda 7 kun ichida sizga omad kulib boqadi”.
Sirojiddin bu xabarning yolg’on ekanligini sezib qoldi. Masalan, 2014-yil dekabr oyida 5 ta dushanba, 5 ta seshanba, 5 ta chorshanba bo’lsa, xuddi shunday dekabr oyi 2025 yilda ham bor.
Sirojiddinni esa biron A yildagi M – oyga o’xshash oy A yildan B yilgacha necha marta borligi qiziqtirib qo’ydi. Ammo u buni hisoblashda qiynalmoqda. Siz unga yordam bering.

Входные данные:
Yagona qatorda uchta natural son: A, M, B (1980 <= A < B <= 2080, 1 <= M <= 12) berilgan.

Выходные данные:
Agar masala shartini qanoatlantiradigan javoblar bo’lsa birinchi qatorda ”YES” chiqarib ikkinchi qatordan boshlab shu javoblarni o’sish tartibida chiqaring. Aks holda ”NO” chiqaring.

Пример ввода Пример вывода
2014 12 2050





2014 12 2024
YES
2025
2031
2036
2042
NO
Область:
Источник задачи: Isfandiyor

Отправить решение на проверку

Design by TUIT © 2012-2017 TUIT Online Judge. All rights reserved.