Uzb Eng

Dasturlash boyicha olimpiada

Musobaqaning taqdirlash marosimida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Teshabayev Tolqin Zakirovich, TATU Oquv ishlari boyicha birinchi prorektori Agzamov Fayzulla Saydakbarovich, TATU moliya va iqtisod masalalari boyicha prorektori Sindarov Sherzod Egamberdiyevich, Toshkent shahridagi INHA universiteti oqituvchisi J.Raimbekov, TATU Informatika asoslari kafedrasi mudiri Sh.Sadullayeva va ishtirokchi jamoa azolari qatnashdilar. Tadbirda TATU rektori T.Teshabayev sozga chiqdi hamda musobaqa muvafaqiyatli yakunlangani bilan ishtirokchilarni muborakbod etdilar.
Musobaqa natijalariga kora birinchi orinni TATU urganch filialining TUIT Urgench Branch #1 jamoasi (Aminov Shavkat, Iskandarov Islom, Ibadullayev Qudrat va jamoa murabbiysi Yusupov Ozodbek), ikkinchi orinni TATUning Tashkent U of IT 1 jamoasi (Abdukarimov Sirojiddin, Ismoilov Isfandiyor, Islomov Nodirbek va jamoa murabbiysi Maxmudov Anvarjon) va uchinchi orinni TATU urganch filialining TUIT Urgench Branch #2 jamoasi (Rahimov Muhammad, Jumaboyev Davlatmurod, Davronov Murodjon va jamoa murabbiysi Allamov Oybek) qolga kiritdilar.
Olimpiadaning II final bosqichi goliblari birinchi bor pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Shu jumladan,
birinchi orinni yegallagan jamoaga 1 500 000 som;
ikkinchi orinni egallagan jamoaga 900 000 som;
uchinchi orinni egallagan jamoasi 600 000 som miqdoridagi naqd pul mukofotlari bilan moddiy ragbatlantirildi.
Musobaqaning toliq natijalarini havoladan olishingiz mumkin.
Musobaqani kelajakda butun respublika oliy talim muassasalari hamda orta-maxsus talim muassasalari ortasida ham tashkil etish va markazlashgan holda jahon olimpiadalariga tayyorgarlik korish takidlandi.

: 2017-02-27


S M T W T F S
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6

Design by TUIT © 2012-2017 TUIT Online Judge. All rights reserved.